KÖKLEM ESKİ TÜRKLERİN UYANIŞ BAYRAMI

425 23.03.2022 00:00:00 Doç.Dr. Dilorom Hamroeva
Doç.Dr.  Dilorom Hamroeva

KÖKLEM ESKİ TÜRKLERİN UYANIŞ BAYRAMI

Türkçe adı Köklem - yaşarış, uyanış günü olarak kutsanan ve kutlanan Nevruz Türk'ün doğa inançlarından kaynaklı öz bayramıdır:

ilk kök, yani yaprağın filizlendiği döneme denk gelir.

Türkler, çok eski dönemlerden doğa ile uyum içinde yaşayan,  insan doğasını kainat doğası üzerinden inceleyen ve bunu toplumsal yaşamı ile eşleştiren yüksek bilgi ve donanım sahibi kişilerdir. O yüzden doğadaki en uzun gece, en uzun gündüz, ayrıca gece ve gündüzün eşitlendiği günleri yöresel doğa bayramı olarak kutlamıştır. 

21 Aralık Yelda yada Acuc-Ayaz gecesi kış çilesinin girişi olarak bilinir. Eski Türk mitolojisine göre Ayaz (soğuk) Dedenin 40 günlük hükümranlığı başlar, bu tarihlerde toprak ana derin uykuya yatar, doğa dinlenir.

Bu 40 günlük çilenin başlangıç tarihi  dört mevsimdeki  en uzun gece ile başlar;  bugünkü  yılbaşı bayramı ve slavların Kar Dedesinin ortaya çıkma nedenlerinden biri de eski Türklerin Ayaz Dede mitolojisi ile örtüşür.

21 Haziran ise dört mevsimdeki en uzun gün olarak bilinir ve Orta Asyada Mihrcan bayramı olarak bazı bölgelerde hala izlerini sürdürmektedir. Bir başka adı de "Hırmân savurma" - Harman savurma bayramıdır. Çoğu bölgede ilk buğday biçimi bayramı olarak da kutlanmaktadır. Bu günden sonra 40 günlük Hasat dönemi başlar, ilk hasat bazen  sembolik olarak  21 Haziran'da toplanır ve  Mihrcan bolluk-bereket bayramı kutlanır.

21 Mart gece ve gündüz eşitleştiği gündür, Yenileniş uyanış bayramı denir, o gün  artık geciken tüm tohumlar toprağa atılır, ekin ekme dönemi bitmiştir.

 Sümerlerden ta günümüze kadar dünya mitolojisinde doğanın tüm evrenle uyumu Tanrılar savaşı olarak canlandırılmıştır. Orta Asya ve Ecem ülkelerinde bu en yaygın ve en belirgin şekilde Avesta'da görülmektedir. Aydınlık-İyilik-Bilgelik  Efendisi olan Ahura Mazda'nın Zulmet-Karakış-Katı Güç Efendisi olan Ahura Man ile savaşı mevsimlerin en önemli doğadaki evriliş günlerini simgelemektedir.  İlk başta  zifiri karanlıkta bir ışık, bir öz, bir tohum var iken, onu saklayan dişil alem bu ışığın doğup doğmayacağından bir anlık tedirgin olur.  Bu şüphe sonucu ışığın ikizi olarak zulmet şekillenir. Büyüdükçe enerjiler ortasında çatışma oluşur: önce karanlık ışığı yenmesi, gittikçe güçler eşitlenmesi, en sonunda ışık karanlığı yenerek  doğması, aslında eski Türklerin 3 önemli bayramına da işaret etmektedir.

Ahura Mazda üstünde karanlık Ahura Man doğması, bu 21 Aralık Yelda gecesi ile başlayan  kış çilesi ve Ayaz Dedeyi;

güçlerin eşitlenmesi bu 21 Martteki gece ve gündüzün eşitlenmesi günü Köklem-Nevruz bayramı, Kuyaş Atayı

en sonunda aydınlığın karanlık üzerinden zafer kazanması ve doğması ise 21 Hazirana denk gelir: bu da senenin en uzun günü ile başlayan  bolluk-bereket Mihrcan bayramı (Umay ana)'yı temsil etmektedir.

Ahuramazda bir başka deyişle Güneşi, Ahura Man ise Karayı, toprağı temsil eder. Bu savaş, cemrenin toprağa düşmesini de simgelemektedir. Daha derine indiğimizde bu hikâyeler ilk ibtida, Yaratılış günü, Big Bang felsefesini de kavramaktadir.

İnsanoğlunun doğa ve evren ile ilgili derin incelemelerini eski atalarımız başkalardan daha belirgin şekilde kendi gelenek ve örflerine  yansıtmaktadır. Zira, örf ve gelenekleri gelişmiş, bin yıllar boyunca ince-ince yöre ve töresine işlenmiş toplumlar  devletler kurmuş, uygarlıklar oluşturmuştur.

Uyanış ve Yenileniş bayramı Köklem hepimize kutlu olsun.

 

Doç. Dr. Dilorom Hamroeva

 

 

O‘ZBEKCHA

 

 

 KO'KLAM-QADIMGI TURKIYLARING UYG'ONISH BAYRAMI

 Bizdagi  nomi Ko‘klam - yasharish, uyg'onish kuni sifatida qutsanagan va qutlanadigan Navro'z, ota-bobolarimizning tabiat bilan bog‘liq inonchlaridan yuzaga kelgan va ilk kurtak unib chiqqan kunlarga to'g'ri keladigan o‘z va o‘z bayramimizdir.

 Ota-bobolarimiz qadimdan koinot va tabiat qonunlarini chuqur o‘rganib, unga mutanosib shaklda yashab kelgan. Tevarak olamning tabiatini kuzatar ekan,  odamning tabiatini kashf qilib borgan, tajribalarini kundalik hayoti bilan uyg‘unlashtira olgan yuksak bilim va tafakkur egasi bo‘lgan.  Shuning uchun ham ular  eng uzun tun, eng uzun kun, tun va kun tengligi kabi tabiat va koinot  o‘zgarishi sodir bo‘ladigan muhim kunlarni ming yillar oldin  o‘rgangan, bilgan, tabiat qonunlariga falsafiy ma'nolar yuklab, kelajak avlodlarga bu bilimlarni yetkazish uchun bu kunlarni alohida bayrami sifatida nishonlagan.

 Masalan, 21-dekabr tuni, Yaldo kechasi yoki Ajuj-Ayoz davri qish chillasining boshlanishi o‘laroq qabul qilingan.  Qadimgi turk mifologiyasiga ko‘ra, bu kunlarda  Ayoz bobo (bugungi ifoda bilan Qor bobo)ning 40 kunlik qahraton hukmronligi boshlangan, bu mavsumda ona yer chuqur uyquga ketishi va tabiat dam olishi afsona va miflar, bayram va rituallar orqali anglatilgan.

Hozirda yangi yil qahramoni bo‘lgan  Qor boboning kelib chiqish ildizlaridan biri qadimgi turkiylarning Ayoz boboga borib taqaladi.

 Bundan tashqari, 21-iyun: yilning eng uzun kuni ham alohida ahamiyatga ega bo‘lib,  u O‘rta Osiyodagi ba'zi hududlarda Mehrjon bayrami sifatida  davom etib kelmoqda.  Mehrjon bayramining yana bir nomi "Xirmon sovurish" - yig‘im-terim bayramidir.   Ko'pgina joylarda Mehrjon ilk bug'doy o‘rimi shaklida ham bayram qilinadi.

 21-iyundan keyin dehqonlarning  40 kunlik yig'im-terim davri boshlangan, bu bayram  mo'l-ko'lchilik, unumdorlik bayrami sifatida bizgacha yetib kelgan.

 21-mart kecha va kunduz tenglashgan kun esa yasharish va uyg'onish bayrami deb ataladi,  kech qolgan oxirgi urug'lar eng so'ng  shu kunlarda yerga sochilgan, ekin mavsumi 21- Martdan keyin tugallangan.

 Shumerlardan to hozirgi kungacha manbalarga qarasak, yil fasllarining o‘zgarishi, mavsumlar almashinuvi, butun olam evrilishi barcha xalqlarda Tanrilar kurashi sifatida tasvirlangan.  O‘rta Osiyo va Ajam mamlakatlarida bu kurash “Avesto”dagi syujetlarda yana-da yaqqol ko‘rinadi. 

Oydinlik-Ezgulik-Bilgalik afandisi Axura Mazdaning  Qorong‘ulik-Qahraton qish-Qora kuch  egasi bo‘lgan  Axura Man bilan jangi timsolida tabiatdagi eng muhim  kunlarini go‘yo o‘z aksini topgan.  Hikoyalarda aytilishicha, har narsadan avval borliqda qorong‘ulik hukmron edi, faqat qorong‘ulik bag‘rida yashiringan  teran bir oydinlik, yorug‘lik urug‘i bor ham bor edi.  Uni o‘z bag‘rida saqlagan  olam bir lahzaga bag‘ridagi yorug‘likning tug‘ilishidan shubha qildi.  Bu shubha oqibatida  yorug‘likning  egizaki o‘laroq zulmat ham paydo bo‘ldi.  Ular ulg'aygan sayin, kuchlar o'rtasida kurash ham ortib bordi: avval, zulmat yorug'likni mag'lub qildi, asta-sekin kuchlar tenglashdi;

Va nihoyat, yorug'lik zulmatni yengdi va dunyoga keldi. Shu qisqa xulosaning o‘ziyoq qadimgi turkiylarning eng muhim 3 an'anasiga ishorat qiladi.

 Axura Mazda saqlangan joyda qorong‘u kuch Axuramanning  tug‘ilishi, 21-dekabr Yaldo tuni boshlanadigan qish chillasi va Ayoz Boboni;

 Kuchlarning  tenglashishi esa 21-Martdagi kecha va kunduz tengligi kuni  Ko‘klam-Navro'zni;

 Eng oxirida yorug'likning zulmat ustidan g'alaba qozonishi va dunyoga kelishi esa yilning eng uzun kuni 21-iyundan boshlanadigan mo'l-ko'lchilik va unumdorlik bayrami Mehrjon (Umay ona)ni majoziy ifodalaydi.

 Boshqacha qilib aytganda, Axura Mazda Quyosh Otani, Axura Man esa Umay onani (tuproqni) ifodalaydi.  Bundan tashqari, bu kurash qadimgi dehqonchilik an'analaridagi, quyoshning tuproqqa qorishib, yerning yetilishini ham o‘zida aks ettirgandir. 

Teranroq tahlil qilganda, inonch shaklida qadimgi kitoblarda simvollar orqali kelajak avlodlarga meros qoldirilgan bu hikoyalar ilk ibtido, Yaratilish kuni yoki Buyuk Portlash falsafasini ham o‘zida mujassamlashtirgan.

 Qadimgi ajdodlarimiz insonning koinot, butun borliq va tabiat bilan bir butunligini chuqur idrok etgan, kuzatgan va o‘z an'analariga tashigan.  Borliq haqidagi bilimlarini urf-odatlar, marosimlarga singdirish orqali ulkan hududlarga tarqagan bir tizim, davomlilikka asos solgan. Zero,  davlatchilik va  sivilizatsiyaning ilk tamali xalqlarning an'analar, to'ralar, yo‘l ko‘rsatkich bo‘la oladigan yo'ra - rituallarga asos solishi bilan boshlanadi. Turkiy xalqlarning ilk davlatchilik tamallari tabiat va borliq bilan bog‘liq yo'ra va to'ralari orqali shakllangan.

 Uyg'onish va yasharish  bayrami barchamizga muborak bo'lsin.